Braziliya avtomobilsozlik sanoati

1960-yilga qadar Braziliya avtomobilsozligi boshqa Lotin Amerikasi (Meksika va Argentina) avtomobilsozlik sanoatlari bilan teng raqobatdosh edi, ammo keyingi jadal rivojlanishi natijasida sanoat koʻrsatkichlari ikki baravarga oshidi va bu oʻz navbatida Braziliyani avtomobilsozlikda mintaqaviy yetakchiga aylantirdi va dunyoning yetakchilaridan qatoriga qoʻshdi. 70-yillarning oxiriga kelib AQSh va Germaniya tomonidan yangi ishlab chiqarish quvvatlari qurildi. Shu bilan birga, yillik ishlab chiqarish soni bir milliondan oshgan va mamlakat dunyodagi 10-eng katta sanoat deb tan olingan. 1990-yillarga kelib oʻsish surati biroz pasaygan boʻlsada, oldingi va yangi chet ellik oʻyinchilar, yani Yaponiya, Fransiyaning yordami bilan sanoatning oʻsish koʻrsatkichlari yanada oshadi va bu oʻz navbatida Braziliyani Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Rossiya, Ispaniya, Fransiya singari avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan oʻzib ketish imkonini beradi. Shu bilan birga avtomobilning yillik ishlab chiqarish hajmi 2013-yilda 3,7 million donagacha yetadi va dunyodagi yettinchi eng katta avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.

Braziliya sanoati 1956-yilda tashkil etilgan Associação Nacional dos Fabricantes de Veículos Automotores (Anfavea) tomonidan tartibga solinadi, uning tarkibiga avtomobil ishlab chiqaruvchilari (yengil avtomobillar, tijorat transport vositalari, yuk mashinalari va avtobuslar) va Braziliyada qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab zavodlar kiradi. Anfavea Parijda joylashgan Internationale des Constructeurs d’Avtomobiles (OICA) tashkilotining azosi hisoblanadi.

Braziliyada koʻpgina yirik global kompaniyalar mavjud boʻlib, ulardan: BYD, Fiat, Volkswagen Group, Ford, General Motors, Nissan Motors, Toyota, MAN SE, Mitsubishi, Mercedes-Benz, Renault, Honda, Hyundai, Kia, Volvo, BMW, Subaru, Chery, Geely, JAC Motors, Lifan, Peugeot, Porsche, Audi, Citroen, Jeep, Land Rover, Mini, Lexus va boshqalar, shuningdek, Troller, Marcopolo SA, Agrale, Randon SA, Excalibur va boshqalar. Ilgari FNM (Fabrica Nacional de Motores), DKW Vemag va Gurgel kabi milliy brendlar mavjud boʻlgan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search